Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Youtube

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Xorijda koronavirusning davosi topilgani haqidagi gaplar rostmi?

Javob: Vaksina yaratiladi, albatta. Ammo bu uzoq jarayon. Agar hozir butun dunyo imkoniyatlarni boshqa vaksinalarni yaratishdan koronavirus uchun vaksinani yaratishga o‘tkazsa ham kerakli miqdordagi dozani ishlab chiqarishga 1,5-2 yil kerak, deya javob qaytarildi.