Rossiyada koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha tezkor shtab xabariga ko’ra, Federatsiyada kuniga COVID-19 holatlari soni 8946 taga ko’payib, 353,427 tani tashkil qildi.

Foto: RIA novosti

“So’nggi bir kun ichida Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasining yangi 8946 holati aniqlandi, shu jumladan faol klinik belgilarsiz 3908 (43,7%) ravishda aniqlangan”, – deyiladi xabarda.

Qo’shimcha qilinishicha, mamlakatda 85 ta hududida 353,427 ta koronavirus infeksiyasi (+2,6%) qayd etilgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 345 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.