Joriy yil 23-may kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan COVID-19’ga test tahlillari olingan.

Foto: Google

Test tahlili natijalariga ko‘ra, bironta ham koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati aniqlanmagan. Bu haqda Davlat soliq qo’mitasi ma’lum qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlari mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi, deyiladi xabarda.