Foto: IIBB matbuot xizmati

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari! Piyodalardan norozi bo‘lgan haydovchilar avtomobillaridan tushib, o‘zlari ham xuddi o‘sha piyodalar kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yishadi. Haydovchilarning harakatlaridan norozi bo‘lgan piyodalar ham avtomobil boshqarganlarida yo‘l harakatining ba’zi qoidalarini arzimas sanaydilar. Yo‘llardagi harakatlaringizga ob’ektiv nazar soling: qoidalarni tez-tez buzib turasizmi? Har bir holat ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sizdan qonunchilik talablari bilan qayta tanishib chiqishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabar so’ngida.