Janubiy Koreyaning Inchon shahriga Oʻzbekistonda yetishtirilgan 17,8 tonna miqdoridagi gilosning navbatdagi partiyasi yetkazildi.

Foto: Sputnik

Gold Dried Fruits Export kompaniyasi tomonidan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida tashkil etilgan yuk Janubiy Koreyadagi hamkor – NK GlobalNet Co., Ltd.kompaniyasiga yetkazilgan.

Oʻzbek giloslari Janubiy Koreyada ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi. Dastlabki joʻnatma Koreya Respublikasiga joriy yil 15 may kuni olib borilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq oʻzbek gilosining ilk partiyasi Rossiyaga muvaffaqiyatli eksport qilingani va u Rossiya bozorlarida sotila boshlangani xabar qilingan edi.