Joriy yilning 24-may kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh “Navoiy” chegara blok postida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l olgan yuk avtomobilini tekshirish uchun to‘xtatishgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Avtomobilda ikkinchi haydovchi sifatida ketayotgan fuqaro M.D. ning haydovchilik guvohnomasi inspektorlarda shubha uyg‘otgan.

Haydovchi bilan suhbatlashish jarayonida u haqiqatdan ham haydovchilik guvohnomasi qalbaki ekanligini, Rossiyada yurgan vaqti ishga joylashish maqsadida shu hujjatni komp’yuter yordamida tayyorlaganligini tan olgan.

YPX inspektorlari ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, fuqaroni ashyoviy dalilllar bilan birga tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.