Prezident Donald Tramp lavozimida ish boshlaganidan beri yillik maoshini mamlakati manfaatlariga ishlatib kelayotganini ma’lum qildi.

Foto: WBUR

«Ish boshlaganimdan beri $400 mingdan $450 minggacha bo‘lgan yillik maoshimni hukumatimizga yana qaytarib berganman va shunday bo‘lib qoladi», — dedi Amerika rahbari. U oxirgi chekni koronavirusga qarshi kurashish uchun AQSh sog‘liqni saqlash vazirligiga yozib berganini va buni o‘zi uchun sharaf hisoblashini bildirdi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan brifingda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani Tramp o‘z maoshidan koronavirus profilaktikasi va davolash uchun dori-darmon ishlab chiqarish maqsadida sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etgan $100 minglik chekni ko‘rsatgan edi.