Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 25-may kuni Argentina Respublikasining milliy bayrami – May inqilobi kuni munosabati bilan Prezident Alberto Anxel Fernandesga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, bugun Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Mustaqillik kuni munosabati bilan Podshoh Abdulla II ibn Husayn al-Hoshimiyga ham tabrik yo’lladi.