Vena politsiyasi Avstriya prezidenti Aleksandr van der Bellen va uning rafiqasini soat 23:00 dan keyin italiyan restoranida koronavirus pandemiyasi tufayli barcha restoranlarni yopish kerakligi haqidagi qoidalarga qaramay uchratdi, deb xabar beradi Kronen Zeitung gazetasi.

Foto: Metropole

“Men karantin boshlangandan beri birinchi marta ikki do‘stim va xotinim bilan ovqatlanish uchun bordim. Biz suhbatlashdik va afsuski, vaqtni unutdik. Kechirasiz. Bu xato edi. Agar restoran egasi biron bir zarar ko‘rsa, men buning uchun javobgar bo‘laman”, – deb yozdi prezident tvitterda gazeta maqolasiga havolani qo‘shib.

Politsiya mahalliy “Sole” restoraniga tungi 00:20 da keladi. Karantin qoidalari bo‘yicha restoran soat 23:00 dan keyin yopilishi kerak edi.

“Federal Prezident ko‘plab san’atkorlar singari mening doimiy mehmonimdir. Kechki ovqat uchun baliq buyurishdi. Qonunga muvofiq hammasini to‘g‘ri qildim, soat 23.00 da biz ichimliklarning oxirgi partiyasini tarqatdik va yopildik. Keyin prezident yana biroz, boshida men ham o‘sha yerda edim, yopiq ayvonda rafiqasi bilan suhbatlashib o‘tirdi”, – deydi restoran direktori Aki Nuredini nashrga.

Avstriyadagi restoranlar 23:00 dan keyin yopilishi kerak, shu vaqtdan boshlab mehmonlarga hech qanday xizmat ko‘rsatilmasligi, oshxona va bar ishlamasligi kerak. Shu bilan birga, muassasa nazariy jihatdan mehmonlarga stolda o‘tirishga ruxsat berishi mumkin. Vena Magistrati endi restoran egasiga 30 ming yevro miqdorida jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Prezidentga va uning rafiqasiga hech narsa tahdid solmaydi, deb yozadi gazeta.