Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Turkmanistonda hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Foto: Google

2020-yil 25-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 8531 kishiga yetdi. Bemorlarning 4352 nafari butunlay tuzaldi. 35 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 25-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 taga oshib, jami 1433 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 16 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangandi. Bugun, 25-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 2929 tani tashkil etmoqda va jami 46 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 25-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 10,582 nafarni tashkil etmoqda. 218 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 1075 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 345 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.