Argentinalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra koronavirus infeksiyasi turli davlatlarda har-xil tezlikda tarqashiga sabab topildi. Ularning ta’kidlashicha, bu holat mamlakatda supertarqatuvchi odamlar bor yoki yo‘qligiga bog‘liq.

Foto: Metro

Tadqiqotchi Pablo Beldomeniko o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra supertarqatuvchilar infeksiyani yuqtirib olgan o‘rtacha statistik odamdan ko‘ra ancha ko‘p odamlarga virusni tarqatadi. Bu o‘rinda nafaqat yuqtirish, balki odam tanasidagi viruslar salmog‘i ham muhim o‘rin tutadi. Olim buzoqlar o‘rtasida tajriba o‘tkazib ko‘rdi va bu fikrining isbotini topdi.

Buzoqlar qoramollarda uchraydigan virus bilan kasallantirilgan. Biriga ko‘p miqdorda, boshqasiga esa kamroq virus yuqtirilgan. Oqibatda ko‘proq virus yuqtirilgan hayvonda kasallik og‘ir o‘tgan. Bu esa koronavirus infeksiyasini ko‘p miqdorda yuqtirib olgan inson supertarqatuvchiga aylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Virus odam tanasiga o‘tgach, yangilarini ishlab chiqarishni boshlaydi.