Forbes maʼlumotlariga koʻra, 22 yoshli yaponiyalik tennischi Naomi Osaka soʻnggi bir yil ichida 37,4 million dollar ishlab topib, eng koʻp maosh oladigan ayol sportchiga aylandi.

Foto: Championat

22 yoshli tennischi oʻzining gʻaroyib yutuqlari va mukofot pullari bilan soʻnggi 12 oy ichida Serena Uilyamsdan 1,4 million dollar koʻproq pul ishlagan.

Uilyams soʻnggi toʻrt yil ichida eng koʻp maosh oluvchi ayol sportchi boʻlib qolayotgandi, u yiliga 18 milliondan 29 million dollargacha pul ishlagan.

Shuningdek, Osaka Mariya Sharapovaning rekordini ham yangiladi. Sharapova 2015-yilda 29,7 million dollar pul ishlab topib, bir yil davomida eng koʻp haq olgan ayol sportchi deya eʼtirof etilgan.