2020-yil 24-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3164 (+14) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari esa Karantin markazida (Qozon – Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan kelgan va karantinga olingan) aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2565 (+33) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Avval xabar qilganimizdek, sog‘ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 12 nafari Samarqand viloyatidan hamda yana 8 nafari Navoiy viloyatidan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 586 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.