Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatida Sirdaryo viloyatiga chegaradosh boʻlgan qoʻshni Qozogʻistonning Maqtaaral tumanidagi ayrim qishloqlariga ham talofat yetgan.

Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga binoan ushbu texnogen ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bir guruh mutaxassislar va maxsus texnikalar ushbu hududga yuborilgan edi.

Bugun Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan qoʻshni davlatning Maqtaaral tumaniga zarur texnikalar yuborildi.

“Baxt Yuksalishda” hamda “Poly Tex” klasterlariga qarashli 20 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli New Holland T 6070 hamda TD 5, Jon Dir maxsus texnikalari agregatlari bilan joʻnatilishidan oldin dezinfeksiya qilindi. Bu haqda Sirdaryo tumani hokimli maʼlum qildi.

Albatta, bu texnikalar orqali toshqin oqibatida zarar koʻrgan ekin yer maydonlariga ishlov beriladi hamda talofat oqibatlarini tugatishni sezilarli darajada tezlashtiradi, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.