Londondagi Shekspir zali va adabiyot markazi joylashgan “Globus” teatri pandemiyadan keyin umuman ochilmasligi ham mumkin. Xabarda ma’lum qilinishicha, karantin teatrga halokatli ta’sir ko‘rsatgan. Teatr rahbariyati hukumatning qo‘llab-quvvatlashisiz “yashab” ketolmasligi haqida ogohlantirgan.

Foto: TASS

“Hukumatning yordamisiz biz ushbu krizisni yengib o‘tolmaymiz. Teatrning yopilishi ham san’at, ham britaniyalik ulug‘ yozuvchi uchun ham fojia bo‘ladi”, – deydi teatr rahbariyati.

Teatr xodimlar shtatini saqlab qolish uchun davlatdan ko‘mak olib bo‘lgan. Pandemiyadan so‘ng “oqimda qolish uchun” teatrga 5 mln funt miqdorda mablag‘ kerak bo‘ladi.

Hozirgi ko‘rinishdagi zamonaviy “Globus” teatri 1997-yil, Temza daryosi qirg‘og‘ida barpo etilgan. Birinchi “Globus” 1613-yilda yonib ketgan va 1614-yilda uni qayta tiklashgan. Shundan so‘ng ushbu san’at markazi 1642-yilgacha o‘z faoliyatini olib borgan.