Foto: Daryo

Tadbirni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va “Tashkent International Beverages” direktori Muzaffar Solijonov ochib berdi.

Foto: Daryo

Marosimda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Milena Madmusayeva va Umid Isroilov ijrosida UEFA Chempionlar Ligasi madhiyasi jonli yangradi.

Shundan keyin marosimga tashrif buyurgan ishqibozlar Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi bilan suratga tushdi.

Foto: Daryo
Foto: Daryo
Foto: Daryo

UEFA va “Pepsi Uzbekistan” hamkorligida Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida ilk bor O‘zbekistonga olib kelindi. Mazkur Kubok Toshkentdagi “Anhor Lokomotiv” bog‘ida joylashgan “Axelon” karting klubida 23-fevral kuni ham namoyish etiladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi — bu balandligi 74 sm va og‘irligi 7,5 kg bo‘lgan, ichi oltin qoplamali kumush amforadir. 1955-yildan beri Yevropaning eng zo‘r futbol jamolariga topshirib kelinayotgan kubokning orqa tomoniga turli mavsumlarda g‘olib bo‘lgan klublarning nomlari o‘yib yozilgan. Kubokning hozirgi egasi Angliyaning “Liverpul” klubi hisoblanadi.