IIV xabariga ko’ra, joriy yilning 22-may kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TBdan firibgarlik holati qayd etilgani haqidagi hujjatlar kelib tushgan.

Foto: Google

Ularga ko‘ra, 2019-yil avgust oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy shox ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi, nafaqaxo‘r X.X. uyida Urgut tumani Uzum mahallasida yashovchi Sh.X. va Qo‘shmachit mahallasida yashovchi M.M. ning o‘g‘li U.X. larni Avstraliya davlatiga ishlashga yuborishda yordam berishga va’da beradi.

Firibgarlik yo‘li bilan Sh.X. dan 3000 AQSh dollari hamda M. M.dan esa 3500 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuboradi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida xodimlar tomonidan X.X. ushlangan.

21-may kuni X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.