Bugun Navoiy viloyatida koronavirus yuqtirib olganlar soni 16 nafarga ko‘paydi. Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning 9 nafari Zarafshon shahridan, 3 nafari Xatirchi tumanidan, 3 nafari Konimex tumanidan hamda 1 nafari Tomdi tumanidan ekanligi qayd etilgan.

Foto: Google

Barcha bemorlar Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamda NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3 – sonli TSQ “Terapiya” bo‘limida davolanmoqda. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Shunday ekan, karantin talablariga rioya eting. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini xavfga qo’ymang, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.