Yengil vazn toifasida UFC’ning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov Konor Makgregor tomonidan tuzilgan MMA tarixidagi eng yaxshi jangchilar uchligiga munosabat bildirdi.

Foto: Skrinshot

“Sen yarim yengil vaznda ham, yengil va yarim o‘rta vaznlarda ham yutqazgansan. Sen hech qachon UFC yoki Cage Warriors unvonini himoya qilmagansan. Jons, Sen Pyer va Silvadan ko‘ra ko‘proq yutqazgansan. Sen UFC’ning twitter tarixidagi eng buyuk jangchisisan”, – deya izoh qoldigan u o‘zining twitter’dagi sahifasida.

Gap shundaki, Makgregor avvalroq braziliyalik Anderson Silvani MMA tarixidagi eng yaxshi sporchi deb atab, o‘zini 2-o‘rniga qo‘ygandi. U tuzgan ro‘yxatda kanadalik Sen Pyer 3-o‘rindan joy olgan. 

Foto: Skrinshot

Eslatib o‘tamiz, bundan avval sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bilan revansh jangini o‘tkazish istagidaligini bildirgan edi.