Dunyo bo‘ylab yuz millionlab odamlar uchun yerosti suvlari toza suvning asosiy manbai hisoblanadi. Masalan, Osiyo va Janubiy Amerikaning ko‘pgina mintaqalarida ular ekinlarni sug‘orishda ishlatiladi – qurg‘oqchilik tufayli yomg‘irlar ushbu hududlarga juda kam tushadi.

Foto: Google

Ko‘pchilik yerosti suvlaridan foydalanadi, bu esa ichimlik suvining alternativ manbai bo‘lib, sog‘liq uchun foydalidir. Biroq, olimlar ba’zi mamlakatlar suvlarida margimush moddasi yuqori miqdorda bo‘lgani tufayli undan foydalanish xavfli bo‘lishi mumkinligini aniqladilar. Bundan tashqari, nafaqat bu suvni ichganda, balki u yordamida sug‘orilgan guruchni iste’mol qilganda ham zaharlanib qolish hech gap emas.

Yerosti suvlari millionlab odamlar uchun toza suvning yagona manbai.
Bir necha yillik izlanishlar natijasida Shveysariya federal suvshunoslik va texnologiyalar instituti olimlari dunyo bo‘ylab margimushning yerosti suvlarida tarqalish xaritasini tuzdilar. Ular Xitoy, Meksika, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, AQSH va boshqa bir qator mamlakatlarda mavjud 100 mingga yaqin suv tahlilini o‘tkazdilar. Hozirga qadar buloq suvlaridan foydalanganda margimush bilan zaharlanish xavfini to‘g‘ri aniqlashning iloji bo‘lmadi, chunki buning uchun turli mintaqalarda suv resurslaridan foydalanish tizimi va ma’lum bir mamlakat qishloq xo‘jaligining xususiyatlarini o‘rganish kerak edi.

Yerosti suvlari bo‘shagan yerdagi suyuqlik qatlamidir. Ular yog‘ingarchilik, shuningdek, daryo, ko‘l, suv omborlari va boshqa suv havzalari tushishi natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pincha ular buloq yoki quduq shaklida yuzaga keladi.

Yerosti suvlari artezian buloqlari bilan aralashmasligi kerak. Artezian suvi yerostida chuqurroq joylashgan va kuchli bosim mavjudligi bilan ajralib turadi.

Buloqdan suv ichish mumkinmi?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga ko‘ra, ichimlik suvida margimushning ruxsat etilgan konsentratsiyasi 1 litr uchun 10 milligramdan oshmaydi. Biroq, olimlar Yerdagi bir necha joylarni aniqladilar (bu litrga 50 milligramdan ortiq), asosan Janubiy Osiyoda. Suvdagi margimushning o‘choqlari AQSH va Argentinada ham topilgan.

Yerosti suvlaridagi zararli moddalar miqdorini sayyoramizning har bir joyida o‘lchash mutlaqo mumkin emasligi sababli, matematik modellashtirish usulidan foydalangan tadqiqotchilar margimushning oldin noma’lum bo‘lgan joylarini aniqlash uchun xarita tuzdilar. Eng xavfli holat hanuzgacha Osiyo va Janubiy Amerikada kuzatilmoqda. Yevropa va Rossiya aholisi xavotirga tushmasliklari mumkin – ularning yerosti suvlarida, ehtimol, margimushning konsentrasiyasi sog‘liq uchun biron bir muammo tug‘diradigan darajada emas. 

Xatarlarning yakuniy bahosiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 220 milliongacha odam margimushning tanaga kirib olish xavfiga duch kelishdi. Bu ba’zi bir tashvishlarni keltirib chiqaradi, chunki Osiyoda, yerosti suvlari suv ta’minotini tashkil qilish uchun keng qo‘llaniladi. Buloqlar tufayli mahalliy aholi ulardan ichimlik suvini yig‘adi.

Margimush nimasi bilan xavfli?
Odam organizmiga margimushning kirib olish xavfi qanday? Birinchidan, bu juda zaharli kimyoviy element. Hatto stomatologiyada ham ushbu moddaning bemor uchun zarur bo‘lgan konsentrasiyasi noto‘g‘ri hisoblanishi (surunkali kasalliklar va allergik reaksiyalar hisobga olinmagan) natijasida odam vafot etgan holatlar mavjud. Margimush oz miqdorda teri va asab tizimi kasalliklariga olib keladi, ammo uning konsentrasiyasi yuqori bo‘lsa, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va saratonning tez rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Biroq tirik mavjudotlar orasida istisno holatlar ham mavjud. Masalan, o‘tgan yili Tinch okeanidagi olimlar margimush bilan nafas oladigan mikrobni topdilar. Hayotning bu shakli deyarli zahar bilan nafas olishga majbur bo‘lgan – chunki suv ostida kislorod juda kam, shuning uchun moslashuv omon qolishning yagona usuli bo‘lib qolgan. Margimushdan tashqari, mikroorganizmlar oltingugurt va azot bilan ham nafas olishlari mumkin.
Organizmidagi AS3MT mutant geni tufayli Argentinadagi San-Antonio-de-los-Kobres aholisi zaharli suvni icha oladi, bu holda margimush darajasi xavfsiz ko‘rsatkichdan 80 barobar yuqori. Bu gen organizmga xavfli moddaning  to‘planishiga imkon bermasdan, margimushni qayta ishlaydi. Shuning uchun bu mikroskopik mutantlar egalari xohlagancha margimush iste’mol qilishlari mumkin. Biroq, dunyoda atigi 6000 kishigina bunday “immunitet”ga ega.

Hozircha esa margimushning konsentratsiyasi butun dunyoda xavfli bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. Bu element, ayniqsa, Osiyo mintaqasida xavfli kasalliklarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bu yerda ular nafaqat yerosti suvlarini ichadilar, balki uni oziq-ovqat tayyorlashda ishlatib, ekinlarini sug‘orishadi.