Foto: Namanganliklar.uz

Yo‘lovchi tashuvchi uyushmalarning haydovchilari va fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida ushbu turargohlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tamiz:

1. Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlaridan tashrif buyuruvchi transport vositalari shaharning 1-kichik tumanida tashkil etilgan “Otchopar” bosh bekatidagi turargoxgacha kelishadi.
2. Namangan va Mingbuloqdan shaharga keluvchilar uchun “Qo‘qon” ko‘chasida tashkil etilgan “Sardoba” bosh bekati xizmat ko‘rsatadi.
3. Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanidan keladigan transport vositalari “Sanoatchilar” ko‘chasidagi “Hunarmandlar” bosh bekatidagi avto turargoxga kelishi belgilandi.
4. Uychi va Uchqo‘rg‘onlik haydovchilar “Bahor” kinoteatri oldidagi “Bahor” bosh bekatiga kelishadi.
5. Norin tumani hamda Andijon viloyatidan keluvchi transport vositalari Jaxon bozori oldidagi “Lola” bosh bekatiga kelishlari belgilandi.

Albatta, amalga oshirilayotgan har bir ish avvalo harakat ishtirokchilarining xavfsizliklarini ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi. Shu sababli yo‘lovchi tashuvchi uyushmalarning rahbarlari, ayniqsa, haydovchilarimizdan belgilangan shox bekatlargacha kelishni, shahar ichiga kirmasliklarini hamda belgilangan talablarga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

Ushbu tadbirda fuqarolarimizga ya’ni yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish ishlari ham hisobga olingan. Ushbu shox bekatlardan shahar ichiga qarab yo‘nalishli avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Avtobularning qat’iy qatnov rejalari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning bu rejaga amal qilishlari doimiy tarzda nazorat qilib boriladi.
Harakatlanish xavfsizligini ta’minlash barchamizning birdek vazifamiz ekanligini unutmang va tirbandliklarning oldini olishga o‘z xissangizni qo‘shing. Unutmang! Tirbandliklar tez yordam, o‘t o‘chirish xizmati va tezkor avtomobillarning harakatiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ular esa siz bilan bizga xizmat ko‘rsatish uchun shoshilishadi, deyiladi xabarda.

Transport vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi,
Namangan viloyati IIB YHX boshqarmasi.