Joriy yil 24-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3150 (+18) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xorijdan kelgan, yana 4 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 8 holatda poytaxtimizda, 1 holatda esa Namangan viloyatida aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan, deyiladi xabarda.

Ayni paytda yurtimizda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda 572 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.