Eronning seysmologik markazi ma’lum qilishicha, yakshanba kuni Eronning janubi-g’arbiy qismida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo’lgan.

Foto: EADaily

Zilzila epitsentri Koxgilue-Boyeraxmed provinsiyasida, Dogonbadan qishlog’idan 14 kilometr uzoqlikda, 10 kilometr chuqurlikda sodir bo’lgan, deyiladi xabarda.

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:41 (Toshkent vaqti bilan 14:11) da qayd etilgan. Hozircha boshqa ma’lumotlar aniqlanmagan.