Joriy yilning mart oyida Telegram Group Inc. kompaniyasi advokatlari Gram (raqamli valyuta)ni sotish va tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lib, sudga ariza kiritgan edi.

Foto: RIA Novosti

TASS axborot agentligining xabar berishicha, kuni kecha Nyu-York shtati Janubiy okrugi federal sudiga kelib tushgan hujjatda apellyatsiya qaytarib olingani aytilgan

Qimmatbaho qog‘ozlar va birja bo‘yicha AQSh Komissiyasining Telegramga qarshi da’vo arizasini ko‘rib chiqqan sudya Kevin Kastel mazkur boshqaruv organinig talabini qondirib, Gram’larni sotish va va 2018-yilda uni xarid qilganlar orasida tokenlar(raqamli pul birligi)ni tarqatishni noma’lum muddatga ta’qiqlab qo‘ygandi. Kompaniya advokatlari mart oyi oxirida ushbu qarorga qarshi chiqib sudga shikoyat arizasi taqdim qilishgandi. 

Kecha sudga kelib tushgan xabarnomada esa “apellyatsiya qaytarib olingani” ma’lum qilingan. Unda qayd etilishicha bu qaror tomonlarning o‘zaro kelishuvlari asosida qabul qilingan. Qolgan tafsilotlar esa ochiqlanmagan.