Italiya futbol jamoasi “Inter” Parij Sen-Jermen klubining urugvaylik hujumchisi Edison Kavaniga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqida L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Foto: Google

Kavaninig PSJ bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyida tugaydi. Nashrga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining “Inter” safiga qo‘shilishiga jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o‘zi qiziqish bildirgan. 
Avvalroq, Kavanini APL klublari “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va Ispaniyaning “Atletiko” jamoasi ham sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Edison Kavani hozircha PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. U klub safida 2013-yildan beri to‘p suradi va jamoadoshlari bilan besh karra Fransiya chempionligini, to‘rt marta Fransiya kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yetti karra Fransiya Superkubogi g‘olibiga aylangan.