Bugun Qirg‘izistondagi Respublika klinik infeksion shifoxonasida jamoat arbobi Mukar Cholponbayev 70 yoshida vafot etdi. Shifoxonaga 5-may kuni keltirilgan Cholponbayevga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, 12-may kuni jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan edi, deyiladi RIA Novosti xabarida.

Foto: RIA Novosti

Cholponbayev avvaldan yurak-qon tomir, buyrak xastaliklaridan ham aziyat chekib kelgan.

Mukar Cholponbayev Qirg‘iziston Adliya vaziri, parlament deputati bo‘lgan. 1995-1996 yillarda parlament spikeri lavozimida faoliyat yuritgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus qayd etilishlari soni 1 403 taga yetdi, sog‘ayganlar 980 nafar, vafot etganlar esa 14 nafarni tashkil etmoqda.