Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasidagi navbatdagi otishma ikki mamlakat chegarasida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatiga tayanib.

Foto: DW

Avvalgi otishma 8-may kuni yuz bergan edi. Otishma natijasida Qirg‘izistonning uch harbiy xizmatchisi yaralangan, tojik tomoni esa ikki jabrlanganni e’lon qilgandi.

Bugun, Qirg’izistonni Botken viloyatining Moynok tumanidagi chegarada, qirg’iz chegarachilari tojiklarni Vorux anklavi aholisi tomonidan qirg’iz hududida mollar boqishga urinishni to’xtatishgan, deya ta’kidlamoqda qirg’iz chegarachilari.

“Tojikiston tomonidan noma’lum shaxslar qirg’iz chegarachilari tomon o’q uza boshlashgan. Mahalliy vaqt bilan soat 11:40 (Toshkent vaqti bilan 10:40) da Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida qisqa muddatli otishma bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.

Uning so’zlariga ko’ra, qirg’iz chegarachilari orasida qurbonlar yo’q. Chegara idoralari vakillari ushbu ish bo’yicha muzokaralar olib borishmoqda. “Qirg’iz-tojik davlat chegarasining ushbu qismida vaziyat nisbatan barqaror”, – deyiladi Qirg’iziston chegara xizmati xabarida.

Davlat chegarasining qirg’iz-tojik qismi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi yoki ikki mamlakat chegarachilari o’rtasidagi ziddiyat zonasiga aylandi. Asosiy sabab – davlatlar chegarasi qayerda joylashganligini aniqlashning imkoni bo’lmagan chegaralanmagan joylardir. Chegaraning uzunligi qariyb 980 kilometrni tashkil etadi, shundan 450 dan ortig’i chegaralanmagan yoki aniqlanmagan, deyiladi RIA Novosti xabarida.