Foto: Xalq so’zi

Yigʻilishda Bosh prokuror N.Yoʻldoshev qotillik jinoyati aksariyat hollarda oila-turmush va oddiy maishiy munosabatlar zamirida kelib chiqqanligi, qarindosh urugʻlar yoki qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi nizo va kelishmovchiliklar toʻliq bartaraf etilmayotganligi, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi kamchiliklarni alohida koʻrsatib oʻtdi, deya bu haqida xabar bermoqda “Xalq so’zi” nashri.

Xususan, oʻtgan yilda ushbu jinoyatlarning 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-oʻgʻillar oʻrtasida yuz bergan.

Misol uchun, Izboskan tumanida biron joyda ishlamaydigan, ichkilikka ruju qoʻygan K. uyida mast holda nogiron otasi va onasi bilan janjallashib, ularni shafqatsizlarcha oʻldirgan.

Bunday misollar, afsuski, kam emas.