Eron Respublikasida ham karantin qoidalari yumshatiladi. Bu haqda prezident Hasan Ruhoniy e’lon qildi, deb xabar bermoqda Mehr agentligi.

Foto: TRT

“Mamlakatda koronavirus tarqalishi nazoratga olingani va o‘lim ko‘rsatkichi pasaygani yaxshi yangilik ekanligi ta’kidlandi”, – deyiladi xabarda.

Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi masjidlar bosqichma-bosqich ochila boshlaydi. 26-maydan esa muzeylar, diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy joylar faoliyat boshlaydi. 

Shuningdek, 30-maydan boshlab davlat xizmatchilari yana ofisda ish boshlashi mumkin.

Hozirgi vaqtga qadar Eronda 134 mingga yaqin koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,3 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 342 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.