Rossiyada koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha tezkor shtab xabariga ko’ra Federatsiyada kuniga COVID-19 bilan kasallanish soni 8599 taga ko’payib, 344,481 tani tashkil qildi.

Foto: TASS

“So’nggi bir kun ichida Rossiyaning 84 ta mintaqasida COVID-19 koronavirus infeksiyasining 8599 ta holati aniqlandi. Shuningdek, kasallik faol klinik ko’rinishlarsiz 3777 ta aniqlangan (43,9%)”, – deyiladi shtab xabarida.

Qo’shimcha qilinishicha, respublikaning 85 ta hududda jami 344,481 ta (+2,6%) koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,3 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 342 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.