AQSh kasalxonasiga olti nafar koronavirusga chalingan shaxslar olib kelindi. Ularda shamollashning g‘alati alomatlari kuzatilmoqda.

Foto: News RU

Xabar qilinishicha, ulardagi belgilar Kavasaki sindromida kuzatilgani kabi kechmoqda. Bemorlarning mayda va o‘rta arteriyalari zararlanib, teri rangi o‘zgargan va bezgak alomatlari paydo bo‘lgan. Avvalroq Yevropa va AQShda bolalarda shunday holat sodir bo‘lgan edi.

Nyu-York shahrida 100 ga yaqin bolalarda Kavasaki sindromi kuzatilib, bir nechasi vafot etgan.