Foto: O’zA

Koronavirus mamlakatning Tegu shahri va Kyonsan-Pukto viloyatida ayniqsa tez tarqalmoqda, deb maʼlum qildi Koreya respublikasi bosh vaziri Chon Se Gyun.

“Tegu shahri va Kyonsan-Pukto viloyatida soʻnggi paytlari koronavirusdan kasallanganlar soni tez ortmoqda, shu bois bu joylar “yuqumli kasalliklardan nazorat qilinadigan alohida hudud“, deb eʼlon qilinadi va ofatni bartaraf qilish uchun keskin choralar koʻriladi“, — dedi Chon Se Gyun koronavirusga qarshi kurash boʻyicha markaziy shtabning kengaytirilgan majlisida.