Boshqirdistonning Salavat rayonidagi o‘zbeklar joylashgan “Skazka” mehmonxonasida koronavirus qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan.

Foto: TASS

Ushbu obyekt Chelyabinsk viloyatidagi “Gorniy” issiqxona majmuasida ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari uchun ijaraga olingan. Binoda jami 68 kishi bo‘lgan.

Ulardan 8 nafari kasalxonaga yotqizilgan. 60 kishi mehmonxonaning o‘zida izolyasiya qilingan. Shuningdek, bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan 18 kishi, keyingi bosqichda muloqotda bo‘lgan yana o‘n kishi karantinga olingan, deyiladi xabarda.