SSV axborot xizmati xabariga ko’ra, joriy yil 24-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3132 (+17) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlangan.

Foto: Gazeta

Ayni paytda yurtimizda 2532 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 587 nafar bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan edi.