Foto: Sof.uz

Bankning O‘zbekistondagi faoliyat strategiyasi chakana, kichik va o‘rta darajadagi biznes uchun yangi avlod bank xizmatlarining ekotiziminini yaratishdan iborat deb yozmoqda Spot nashri.

Asosiy e’tibor kompaniyaning 2018 yilda ishlab chiqqan to‘liq raqamli xizmat ko‘rsatadigan Space neobankiga qaratiladi.

O‘zbekistondagi banki uchun kompaniya xalqaro moliya institutlari (ehtimol YeTTB yoki XMK) va mahalliy hamkor (ehtimol UzOman investitsion kompaniyasi)ni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bankning 51 % aksiyalari gruzin banki ixtiyorida bo‘ladi.

Barcha aksiyadorlarning umumiy boshlang‘ich sarmoyasi $ 40 million bo‘lishi kutilmoqda, kompaniya investitsiyalarni ikki bosqichga ajratishni rejalashtirmoqda: litsenziyani olishdan oldin $ 12 million va undan keyin $ 28 million.

Bank iste’mol kreditlari, avtoulov kreditlari, omonat va joriy hisobvaraqlardan boshlashni rejalashtirmoqda. Keyinchalik mikrokreditlar, kichik va o‘rta biznes uchun kreditlar va kreditlar qo‘shiladi.

TBC Bank birinchi yilda ular 6-8 million dollar zarar ko‘rishini va ikkinchi yilda ular minusdan chiqib ketishlarini kutmoqda.