Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda Prezidentimizga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Uzreport

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton, Nazarboyev

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev,

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Turkiya Respubliksi Prezidenti Rajab Toyib Erdo’g‘an,

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said,

Iordaniya Podshohi Abdulla II,

Yaman Respublikasi Prezidenti Mansur Hodiy,

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos,

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amreev.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deyiladi xabarda.