Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Turkmanistonda hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 24-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 8322 kishiga yetdi. Bemorlarning 4214 nafari butunlay tuzaldi. 35 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 24-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 38 taga oshib, jami 1403 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 14 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangandi. Bugun, 24-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 2738 tani tashkil etmoqda va jami 44 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 24-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 9998 nafarni tashkil etmoqda. 216 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 1040 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,3 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 342 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.