O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Foto: RIA Novosti

U 1983-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tugatgan. Abdulla Aripov mehnat faoliyatini 1983-yil Toshkent telefon-telegraf stansiyasida muhandislikdan boshlab, o‘tgan yillarda qator mas’ul lavozimlarda ishladi.

Xususan, Pochta va telekommunikasiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, O‘zbekiston pochta va telekommunikasiya agentligi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lgan. 2016-yil 12-dekabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlikka nomzodi ko‘rsatilib, 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.

Shu yilning 21 yanvar’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati​ Prezidentining Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqib, Abdulla Aripovni Bosh vazir etib tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.

Abdulla Aripov “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.