Tailand SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasini maymunlarda sinashni boshladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: Uzreport

Sinovlarning boshlangani haqida Tailandning oliy ta’lim, fan, tadqiqot va innovatsiyalar vaziri Suvit Mezinsi ma’lum qilgan.

“Ushbu loyiha nafaqat tailandliklar uchun, balki insoniyat uchundir… Biz vaksinani ishlab chiqib, dunyo hamjamiyatining muammolarini hal qilishda ishtirok etishimiz kerak”, —  dedi vazir.