Foto: Xalq so’zi

Bosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov “Twitter”dagi sahifasida pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayotgani haqida xabar berdi.

“Soʻnggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda Oʻzbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo boʻlmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan oʻqidim.

Oʻylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish koʻzda tutilmagan”, – deb yozdi bosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri.

Shuningdek, Jamshid Qoʻchqorovning bildirishicha, ushbu mavzuda Moliya vazirligi tomonidan batafsil maʼlumot beriladi.

Bundan oldin, Pensiya jamgʻarmasi pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasida pensiya yoshini oshirish koʻzda tutilmagani haqida maʼlum qilgandi.