Foto: RBC

Shunday qilib, kasallanganlar umumiy soni 758 kishini tashkil etdi. Mamlakat ichkarisida eng ko’p kasallanganlar Tokio (29 kishi), Xokkaydo (16 kishi) va Vakayama prefekturasida (13 kishi). Yaponiya ichidagi infeksiyalarning umumiy soni 110 kishini tashkil etmoqda. Yana 14 holatda, Xitoydan Uxandan mamlakatga qaytganlarda koronavirus aniqlandi. Qolgan 634 kishida COVID – 2019 tasdiqlangan bo’lib, ular Yaponiyaning Yokohama portidagi “Diamond Princess” kruiz kemasining yo’lovchilari yoki ekipaj a’zolaridir, deyiladi xabarda.