Foto: IIV matbuot xizmati

Tadbirlar davomida ushbu tig’li predmetlar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohatlari etkazish mumkin bo’lgan sovuq qurol sifatida saqlanganligi aniqlanmoqda. Pichoqlardan tashqari kastet, professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari ham olib qo’yildi.

Tadbirlar davomida yonidan tig’li jismlar olingan shaxslar ertasi kuni oila a’zolari, mahalladoshlari ishtirokida muhokama qilinib, ularning tig’li predmetlarni olib yurish sabablari bo’yicha tarbiyaviy ishlar kuchaytirilmoqda. Xususan, Andijon viloyati IIB Patrul`-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX batal`oni xodimlari tomonidan “Tig’” profilaktik tadbiri doirasida 2020 yilning shu kuniga qadar Andijon shahri xududidagi aholi gavjum bo’lgan maskanlarda, o’quv muassasalarida, ko’chalarda xamda korxona-tashkilotlarda jami 44 marotaba profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

O’tkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar sodir etilishi mumkin bo’lgan jinoyatlarning oldini olishi bilan birga, boshqa bir shaxslar tomonidan ham tig’li predmetlarni olib yurish holatlarini kamayishiga xizmat qiladi, deyilgan xabarda.