Nurota tuman IIBga 1963-yilda tug‘ilgan, Nurota tumani, “Qizilcha” MFYda istiqomat qiluvchi V.U. ariza orqali murojaat qilib, qishlog‘i hududi yaylovlarida o‘tlab yurgan, o‘ziga tegishli bo‘lgan mayda shoxli mollari orasidan bozor narxida umumiy qiymati 2 million so‘m bo‘lgan 4 bosh echkisi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan.

Foto: Navoiy viloyat IIB axborot xizmati

Tuman IIB xodimlarining tezkor tergov jarayonlari natijalarida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni 1990-yilda tug‘ilgan, Karmana tumani “Arg‘un” MFYda yashovchi T.B., 1988-yilda tug‘ilgan, Nurota tumani “Temirqovuq” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Z.N., 2000-yilda tug‘ilgan, Karmana tumani “Arg‘un” MFYda yashovchi F.S. hamda 1999-yilda tug‘ilgan, Karmana tumani “Qosim Shayx” ko‘chasida istiqomat qiluvchi Ya.K.lar o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi ma’lum bo‘ldi.

Navoiy viloyat IIB xabariga ko’ra, ayni paytda mazkur holat yuzasidan T.B., Z.N., F.S. hamda Ya.K.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.