AQShda yangi turdagi koronavirus uchun 10 millionta sinov o‘tkazildi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar beradi.

Foto: Google

Shuningdek, davlat rahbari gubernatorlarni mamlakatda odatiy hayot ritmini tiklash choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Qo‘shma Shtatlar yangi koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 1, 388 936 marta COVID-19 holati aniqlangan. 

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya tarqalishini e’lon qildi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi – bu COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan SARS-COV-2 koronavirusining yangi turi. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirus pandemiya darajasida tarqalishini e’lon qildi.