Joriy yilning 14 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:09 da Xitoyda yer silkinishi qayd etilgan.

Foto: Google

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishcha, yer silkinishi koordinatalari: 

39,67 gradus shimoliy kenglik; 
74,04 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 445 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Namangan : 249 km, 2 ball;
Andijon : 190 km, 2 ball;
Farg‘ona : 208 km, 2 ball.