“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.

Foto: Sostav.ru

“Nafaqat yosh kelajak avlodni, shuningdek butun xalqimizni ingliz tilini bilish darajasini yana-da oshirish maqsadida davlat tomonidan yoki davlat sherikchiligi asosida barcha dastur va loyihalari faqatgina ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanal ochishni taklif qilaman”, – deyiladi murojaatda.

Ta’kidlanishicha, bugungi raqamli iqtisodiyot va globallashuv jarayoni – har qanday kasb egasidan sohani rivojlantirishda chet el tajribasidan foydalanish uchun ingliz tilini bilishni talab qilmoqda.