UFCning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor iyul oyida chempionlik jangida ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqda “Championat” nashri xabar bermoqda.

Foto Google

“Iyul oyida yengil vazn toifasidagi chempionlik jangida ishtirok etishdan mamnun bo‘lardim”, – deb yozadi sportchi Twitter’dagi sahifasida.

Oldinroq u sahifasida “Iyulda ko‘rishamiz”, deb yozib, AQSh va Iordaniya bayroqlari rasmini qoldirgandi. Bu orqali Makgregor Jastin Getjiga qarshi jang qilishiga ishora qilgan.

Getji esa iyulda jang qilish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Jastin bor e’tiborini Habib Nurmagomedovga qarshi jangga qaratishini ta’kidlab o‘tgan.

UFC prezidenti Dana Uayt ham Habib va Getji o‘rtasida jang tashkil qilinishi mumkinligini bildirgan.