Foto: Uzreport

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019-yilning shu davrida 17 466 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2020-yilda — 22 000 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yil yanvar oyida 5 962 dona Nexia T-250 (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 29,0 foiz), 5 078 dona Cobalt (47,4 foiz), 4 340 dona Lacetti-Gentra (55,0 foiz), 3 989 dona Damas (35,2 foiz), 2 320 dona Spark (48,7 foiz) hamda 311 dona Labo (7,8 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019-yilda — 367 dona, 2020-yilda — 272.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish koʻpaydi. 2019-yilda 16,4 ming dona dvigatel chiqarilgan boʻlsa, 2020-yilda — 19,8.

2020-yil yanvar oyida traktor ishlab chiqarish hajmi 25 donani tashkil etdi (2019-yilda — 9).