2020-yil 13-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2612 (+16) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Dunyo

16 nafar yangi kasallanish holatlarining 11 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 5 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Mamlakatimizda davolanayotgan 525 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 2076 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan edi.