Koronavirus pandemiyasi tufayli Niderlandiya va Belgiyada kafe, restoran, mehmonxonalarning yopilishi natijasida ushbu mamlakatlarda kartoshka fri ishlab chiqaruvchilari hamda ular ortidan fermerlar jiddiy iqtisodiy zarar ko‘rayotgan edi.

Foto: Google

Xususan, omborxonalarda hosilning katta qismi sotilmay qolib ketgan. Belgiya va Niderlandiyada shu kabi qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kartoshka miqdori 2 million tonnani tashkil etgan.

Niderlandiya hukumati ushbu vaziyatda kartoshka ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million yevro miqdorida mablag‘ ajratishini ma’lum qilgan.

Belgiyalik fermerlar esa kartoshkani isrof qilmaslik uchun o‘zlari yetishtirgan mahsulotni Ukraina bozoriga yetkazib berishni boshlagan. Eksport qilinayotgan kartoshka navlari aslida fri uchun mo‘ljallangan bo‘lsada bu ukrainalik iste’molchilarning tanloviga halaqit bermayapti.